CYBER PROGRAM

Biznesingiz uchun innovatsion dasturiy yechimlar

Biz g'oyalarni raqamli haqiqatga aylantiramiz ! Maqsadimiz — biznesingizni avtomatlashtirish, jarayonlarni soddalashtirish va sizga vaqt hamda samaradorlikni taqdim etish. Dasturiy ta'minotlar, veb-ilovalar, mobil dasturlar va maxsus platformalar — bizda barchasi bor!

Bizning xizmatlar

Biz Sizning ehtiyojlaringizni chuqur o'rganamiz, biznes maqsadlaringizga mos individual dasturiy ta'minot ishlab chiqamiz va doimiy texnik yordam ko'rsatamiz

Kompyuter dasturlari

Biznes jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va qulay interfeysga ega kompyuter dasturlarini ishlab chiqamiz

  • Mehnat intizomini nazorat qiluvchi tizimlar
  • Ta'lim, tibbiyot va boshqa sohalar uchun dasturlar
  • QR-kod va shtrix kodli tizimlar
  • Windows OS uchun ilovalar

Web dasturlash

Har qanday murakkablikdagi zamonaviy, funksional veb-saytlar va veb platformalar yaratamiz

  • Korporativ veb-saytlar
  • Onlayn do'konlar
  • Landing sahifalar
  • Admin panel va boshqaruv tizimlari

Mobil ilovalar

Android va iOS operatsion tizimlari uchun yuqori sifatli va qulay interfeysga ega mobil ilovalar yaratamiz

  • iOS uchun ilovalar
  • Android uchun ilovalar
  • CRM ilovalar
  • Monitoring ilovalari

Sun'iy intellekt va avtomatlashtirish

Biznes samaradorligini oshiruvchi suniy intellekt yechimlari va avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratamiz

  • OCR, yuzni tanish texnologiyalari
  • Ma'lumotlarni tahlil qilish va prognozlash tizimlari
  • Avtomatik hisobot va monitoring tizimlari
  • RPA - biznes jarayonlarni avtomatlashtirish

Ma'lumotlar bazasi

Ma'lumotlarni ishonchli saqlash, qayta ishlash va integratsiya qilish bo'yicha professional yechimlar

  • Ma'lumotlar bazasi loyihalash
  • SQL bazalarini optimizatsiya qilish
  • Ma'lumotlarni migratsiya qilish va integratsiya
  • Zaxira nusxa olish va qayta tiklash

Texnik qo'llab-quvvatlash

Loyihangiz ishga tushgandan so'ng ham doimiy xizmat ko'rsatamiz va texnik yordam beramiz

  • Tezkor texnik yordam
  • Xatoliklarni aniqlash va tuzatish
  • Yangilash va funksiyalar qo'shish
  • Foydalanuvchilarni o'qitish va maslahatlar

Raqamli Mukammallikni Yaratish
(2012-yildan to hozirgi kunga qadar)

Biz innovatsion raqamli yechimlarni yaratishga qaratilgan ishtiyoqli dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari jamoasimiz. Bizning tajribamiz turli texnologiyalar va sohalarni qamrab oladi, bu bizga barcha o'lchamdagi bizneslar uchun ajoyib natijalarga erishish imkonini beradi.

Startaplardan tortib korporativ darajadagi tashkilotlargacha o'z g'oyalarini muvaffaqiyatli raqamli mahsulotlarga aylantirishga yordam berdik. Bizning tezkor ishlab chiqish jarayonimiz yuqori sifat standartlarini saqlab, o'z vaqtida yetkazib berishni ta'minlaydi.

50+
Tugallangan loyihalar
100+
Xursand mijozlar
15+
Yillik tajriba
12/6
Qo'llab-quvvatlash
Innovatsiyaga
asoslangan rivojlanish

Bizning ishlarimiz

So'nggi loyihalarimiz bilan tanishing va biznesga raqamli transformatsiya maqsadlariga erishishda qanday yordam berganimizni ko'ring

Kompyuter dasturlari

Xodimlar mehnat intizomi

Tashkilot xodimlarining davomati va mehnat intizomini nazorat qilish tizimi

C# Firebird SQL
Kompyuter dasturlari

Talabalar (o'quvchilar) davomati

Maktab o'quvchilari, oliy ta'lim muassasasalari, kollej va texnikum talabalarining davomatini nazorat qilish tizimi

C# PostgreSQL PHP
Web dasturlash

Elektron navbat

Tashkilot yoki korxona xizmatlaridan foydalanishni xohlovchi fuqarolarning elektron navbatini boshqarish tizimi

C# PostgreSQL PHP
Kompyuter dasturlari

Avtoturargoh faoliyatini boshqarish

Avtoturargohga kirish va chiqishni nazorat qilish, to'lovlar hisobini yuritish dasturi

C# Firebird SQL
Kompyuter dasturlari

Binoga kirishni nazorat qilish tizimi

Tibbiyot muassasalari uchun chiptali o'tish (QR kodli va shtrix kodli) va binoga kirishni nazorat qilish tizimi. DMED axborot tizimiga integratsiya qilingan

C# C++ Firebird SQL
Kompyuter dasturlari

Inson tanasi ko'rsatkichlari tahlili

Tibbiyot muassasalariga tashrif buyuruvchilarning bo'yi, vazni va tanasining boshqa parametrlarini aniqlab, tahlil qilib beradigan dastur

C# SQLite
Kompyuter dasturlari

Gaz quyish shahobchasi faoliyatini boshqarish

Avtomobilga metan gaz quyish shahobchalari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish bo'yicha axborot tizimi

C# PHP PostgreSQL MySQL SQLite
Web dasturlash

Xizmat sifatini baholash

Tibbiyot muassasalariga tashrif buyuruvchilar va be'morlar uchun xodimlarning ish faoliyati sifatini baholash dasturi

PHPPostgreSQL
Web dasturlash + IoT

Harorat ko'rsatkichlari (IoT Monitoring)

Isitish qozonlarini real vaqt rejimida IoT qurilmalari orqali monitoring qilish ilovasi

PHP MySQL C++ IoT

Bizning mijozlarimiz

Keling, loyihangizni boshlaymiz

G'oyalaringizni haqiqatga aylantirishga tayyormisiz? Biz bilan bog'laning va biznesingiz o'sishiga qanday yordam berishimiz mumkinligini muhokama qilamiz

Biz bilan bog'lanish

Elektron pochta
Ish vaqti
Dushanba - Shanba
09:00 - 18:00

Bizni kuzatib boring